FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026 ӯquv yili uchun qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Nukus shahridagi Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyida ham dastlabki kun imtihonlari o‘tkazildi.
[gallery-24252]
Joriy yil ushbu maktablarda o‘qish istagini bildirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 10 ming 100 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihonlarning shaffof o‘tishini ta’minlash uchun manzilda barcha sharoit yaratilgan. Ota-onalar jarayonni onlayn kuzatib borish imkoniga ega.
Kirish imtihoni savollarini ishlash uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratilgan.
Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari jarayonga jalb qilinib, jamoat tartibini saqlash, ishtirokchilarning salomatligi bilan bog‘liq holatlarda beminnat yordam ko‘rsatmoqda.
Imtihonlar 12 iyulga qadar davom etadi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA