Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtihonlar shaffof va adolatli oʻtadi(+video)
15:05 / 2024-07-04

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida bugungi kunda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat koʻrsatmoqda. Joriy yilda ular safiga yana 6 ta bilim dargohi qoʻshildi.

Bugun mazkur yoʻnalishdagi barcha taʼlim muassasalari yaʼni ixtisoslashtirilgan maktablar uchun qabul imtihoni boshlandi. Imtihonlar respublika boʻyicha barcha viloyatlarda bir vaqtda, yaʼni soat 8:00 da boshlandi. Bu yil respublika boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, Prezident maktablari va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 244 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirgan.

Kirish imtihonlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam xizmati, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan katta tayyorgarlik koʻrilgan.

Imtihonlar har kuni uch smenada oʻtkaziladi va 90 minutdan vaqt beriladi. Ixtisoslashtirilgan maktablarga asosan 5- va 7-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi. Imtihondan oʻtish uchun esa aniq fanlar yoʻnalishida 5-7 sinflarga matematika va ingliz tili, 8-11 sinflarga algebra, geometriya, fizika va ingliz tili, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7 sinflarga tabiiy fanlar va ingliz tilidan, 8-11 sinflarga esa biologiya, kimyo, ingliz tilidan topshiriq va test sinovlarini oʻz vaqtida toʻgʻri bajarishning oʻzi kifoya.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/VmwenWUOO0U?si=YRxYv_U80mIu2Vw3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

 Sanjar Toshpo‘latov, Abrorjon Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA