Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtihonlar qizg‘in pallaga kirdi
16:17 / 2024-07-15

Shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar qizg‘in pallaga kirdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2024-2025 o‘quv yili uchun universitet, Nukus va Farg‘ona filiallariga jami 2 858 ta kvotalar ajratilgan. Jumladan, kunduzgi ta’limga jami 1 ming 709 ta, sirtqi ta’limga esa jami 1 ming 149 tadir. Bundan tashqari, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 24 ta kvota ajratilishi rejalashtirilgan.  

Kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 45 ta yo‘nalishda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Barchasi adolatli va shaffof tashkil qilish bo‘yicha elektron baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya holatlariga chek qo‘yildi. Abituriyent imtihon topshirgan vaqtining o‘zida uning olgan ballari elektron tizimda ko‘rinadi.  

Xususan, 2024-2025 o‘quv yili qabuli bo‘yicha mazkur oliygoh sport bazasi hamda hamkor tashkilotlar sport maktablari, federatsiyalar sport bazalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.  

[gallery-18283]

Shu kungacha umumiy sport turlaridan belgilangan sinovlar yakuniga yetdi. Qolgan sport turlari bo‘yicha rejalashtirilgan sport bazalarida imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.  

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar 2024 yil 18 iyulgacha davom etadi. Umumiy hisobda jami 3 ming 485 nafar abituriyentdan 1 ming 174 nafari qatnashdi, kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha imtiyozga ega sportchilar 71 nafarni tashkil etadi. Mazkur jarayonlar adolatli va shaffof holda tashkil etish maqsadida universitetda barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.  

Jumladan, barcha imtihon jarayonlari videokuzatuv kameralari yordamida yozib olinib, universitet rasmiy veb-saytida onlayn tarzda namoyish etilmoqda. Shu bilan birga, ota-onalarga kuzatish uchun zarur sharoitlar qilingan.  

O‘zDJTSU rektori Rashid Matkarimov imtihon jarayonlarini kuzatdi. Yoshlar va mutaxassislar bilan suhbatlashdi.  

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 18 iyulga qadar davom etadi.  

A.Musayev, A.Alijonov (surat),O‘zA.