English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
10:46 / 2023-03-26

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Jumladan “H. A.” nodavlat ta’lim muassasining o‘qituvchisi U.I. fuqaro  U.G.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida imtihondan o‘tkazib quyish evaziga 7,5 million so‘m talab qiladi. U ushbu pulni  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA