French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtihondan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat soxtalashtirilgan
16:41 / 2023-04-14

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Jumladan “I.A.” mas’uliyati cheklangan jamiyati avtomaktabi amaliyotchi xodimi M.Sh. fuqaro S.T.dan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga olgan 300 AQSH dollarini qaytarib berish vaqtida ushlangan. Shuningdek tergovga qadar tekshiruv davomida M.Sh. boshqa bir fuqaro J.J.ning 3,4 million so‘m pulini qo‘lga kiritib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tganligi to‘g‘risidagi  hujjatlarni soxtalashtirib berganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA