Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Importni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlash kerakligi qayd etildi
17:02 / 2024-10-15

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Kecha Zangiota tumanida Singapur bilan hamkorlikda tashkil qilingan ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi "TRT" korxonaci faoliyati bilan tanishildi. 

Korxonada yengil va yuk tashuvchi avtomobillarni yurish, transmissiya va boshqaruv tizimlari uchun 1 mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. 

Korxonani o‘zida texnik tekshiruv va sinovlarni o‘tkazish uchun laboratoriya ham tashkil qilingan, xalqaro sifat menejmenti sertifikati ham mavjud. 

Bunday korxonalarni “O‘zavtosanoat”, Navoiy va Olmaliq kombinatlari bilan kooperatsiyasini kuchaytirib, importni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlash kerakligi qayd etildi. 

O‘zA