Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Import texnikalar imtiyozga tushmadi
17:44 / 2024-06-13

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Qorovulbozor” TIF bojxona postiga elektron tartibda taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasiga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida tovarlarning TIF TN (tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi) kodlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. Gumonlarga oydinlik kiritish maqsadida olib borilgan bojxona ekspertizasi xulosasida ham ushbu texnikalarning TIF TN kodlari bojxona to‘lovlaridan imtiyozga tushadigan tovar kodi sifatida tasniflanmaganligi aniqlandi.  

Natijada 132,6 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi. Ushbu to‘lovlarning davlat byudjetiga undirilishi ta’minlandi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri