Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Import qilinadigan meva-sabzavotlar qanday rasmiylashtiriladi?
14:00 / 2020-08-07

Hozirgi kunda chet davlatlarning karantin xizmatlari beradigan fitosanitariya sertifikatlarining ayrim tadbirkorlar soxtalashtirayotgan holatlar ham uchramoqda.


Ayni vaqtda koʻpchilik uchun qiziq boʻlgan bu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova javob berdi.

“Buning uchun import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish kerak. Misol uchun, mahsulotning import karantin ruxsatnomasi, eksportyor davlatning fitosanitariya sertifikati mavjudligi, markirovkalanganligi tekshiriladi va hujjatlardagi mahsulotning miqdori solishtiriladi. Import qilinayotgan mahsulotda karantin obyektlari va xavfli zararkunanda, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlar mavjudligi fitosanitar nazoratdan oʻtkaziladi, zarur hollarda, yaʼni shubha tugʻilganda, inspektor laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish uchun tahlil oladi.Shuningdek, mahsulotda oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanganda mahsulot zararsizlantiriladi yaʼni yoʻq qilinadi yoki eksportyor davlatga qaytarib yuboriladi.

 Hozirgi kunda chet davlatlarning karantin xizmatlari beradigan fitosanitariya sertifikatlarining ayrim tadbirkorlar soxtalashtirayotgan holatlar ham uchramoqda. Noqonuniy bunday harakatlarni bartaraf etish va xalqaro talablar asosida ish tizimini joriy etish maqsadida Karantin inspeksiyasining E-fito avtomatlashtirilgan axborot tizimini chet mamlakatlarning elektron tizimiga integratsiya qilish orqali fitosanitariya sertifikatlarining haqqoniyligini tekshirish usuli yoʻlga qoʻyildi. Shundan kelib chiqib, hurmatli tadbirkorlarimizga fitosanitariya sertifikatlarini eksport qiluvchi davlatning karantin xizmatlari tomonidan qonuniy rasmiylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda, olib kelinayotgan mahsulotlari respublikamiz chegaralaridan qaytariladi"