Import mahsulotlarining xavf tahlili jarayonini o‘rganish bo‘yicha tajriba almashildi
Har qanday import mahsulotlarining xavf tahlili jarayonini o‘rganish va bu borada xalqaro hamkorlik doirasida tajriba almashish muhim sanaladi. 2024 yilda bu borada Turkiya Savdo vazirligi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Nazorat inspeksiyasi mas’ullaridan iborat delegatsiya Turkiya Savdo vazirligining taklifiga binoan Anqara shahriga bordi.
Vakillar Turkiyaga kirib kelayotgan import mahsulotlarining xavf tahlili jarayonini o‘rganish va tajriba almashish maqsadida «TAREKS» axborot tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deyiladi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lumotida.
Eslatib o‘tish lozim, TAREKS – mahsulot xavfsizligi konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimi bo‘lib, mahsulotning tegishli texnik reglament yoki standartlarga muvofiq emasligini aniqlash uchun xavf tahlilini amalga oshiradi.
A.RUSTAMOV, O‘zA