Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdi
16:39 / 2025-06-30

2025 yil 30 iyun kuni Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Islom sivilizatsiyasi olimlari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy seminar o‘tkazildi.

Musulmon olimlarining ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini o‘rganish va keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ilmiy tadbirda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Hadis ilmi maktabi professor-o‘qituvchilari, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazlarining ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Sh.Islomov “Sulton Ulug‘bekning ilmiy qiyofasi”, bo‘lim boshliqlari Z.Faxriddinov “Muhammad Hakim Termiziyning aqidaviy qarashlari”, O.Sotvoldiyev “Movarounnahrda islom ilmlarining shakllanishi va rivojlanishi” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston hududida yetishib chiqqan ulamolarning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish, O‘zbekiston va Malayziya xalqi uchun tarix va islom madaniyati haqidagi bilimlarni tarqatish, har ikki mamlakat institutlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

O‘zA