French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati tartibga solindi
10:18 / 2025-09-16

Hukumat qarori (583-son) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi”ning ustavi tasdiqlandi.

Ustav Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Ustavga ko‘ra, islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng ommaga yetkazish Markazning vazifalaridan biri hisoblanadi.  

Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi, jumladan:

— Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va ularning izdoshlari tomonidan yozilgan aqida va kalom ilmlariga oid asarlarning tadqiqiga oid ilmiy loyihalarni amalga oshiradi;

— islom dinining ilm-ma’rifat, bunyodkorlik va insoniylikka asoslangan mazmun-mohiyatini ochib berishga bag‘ishlangan tadqiqotlarni amalga oshiradi.

Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi.

U.Qurbonov, O‘zA