Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imom as-Sadr Iroq parlamentini tarqatib yuborishni talab qilmoqda
10:05 / 2022-08-11

Iroq Oliy sudi kengashi parlamentni tarqatib yuborishi va Prezident yangi saylov kunini belgilashi kerak, degan talab bilan chiqdi shia imomi Muqtada as-Sadr.

- Iroq xalqi poraxo‘r amaldorlar o‘tirgan noqonuniy parlamentni tarqatib yuborishni talab qilmoqda, - dedi shia siyosatchisi. - Adliya kelasi hafta oxirigacha bu masalani hal qilishi, Prezident yangi saylov sanasini belgilashi va e’lon qilishi kerak.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘pchilik sudyalar omma talabini qo‘llab-quvvatlasa-da, kuchli bosim ostida”.

“Shafaq News” axborot agentligi Sadr o‘z tarafdorlarini Bag‘doddagi bosh maydonda namoyishni davom ettirish va 12 avgust kuni o‘sha joyda ommaviy namoz o‘qish uchun to‘planishga chaqirganini xabar qildi.