Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imom Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohidan fotoreportaj
11:21 / 2022-08-14

Imom Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan.

Buyuk bobokalonimiz, mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy 824 yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida o‘rtahol oilada tug‘ilgan. At-Termiziy yoshligidan o‘ta tirishqoq, idrokli va zakovatli bo‘lgan. Ilmga qiziqishi tufayli o‘sha davrning ko‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. O‘z bilimini oshirish borasida at-Termiziy ko‘pgina xorijiy mamlakatlarni ziyorat qilgan.

Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Uning “Al Jomi’ as-saxih”, “Ash-shamoil an-nabaviyya” kabi asarlari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, insonlarni halol, adolatli, iymon-e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shavqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e’tiborli bo‘lishga chorlaydi. Bu ibratli pand nasihatlar va o‘gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.

[gallery-8296]

Imom at-Termiziy 892 yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot etgan. Imom Abu Iso at-Termiziy dafn etilgan joyda XI-XII asrlarda maqbara bunyod etiladi. Sherobod tumanidagi ushbu majmua 1990 yili Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan qaytadan ta’mirlanib, ziyoratgohga aylantirildi. Shuningdek, 1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan maqbarada ta’mirlash ishlari olib borildi. Sag‘anasi va ganchkori panjaralari qayta o‘rnatildi. Hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali o‘tuvchi 3 xona (bo‘lma)dan iborat yaxlit bino ko‘rinishida, xonalar tarhi 4,3x4,5 metrni tashkil etadi. Shimoli-sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik to‘silgan.

3 xonali bo‘lma murabba tarhli, ulardan janubiy-sharqdagisi – go‘rxona. Unda 3 pog‘onali marmar sag‘ana bo‘lib, muqarnas, naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan. Sag‘ana toshi, uning matnlari, devorlar suvog‘i, panjarasimon to‘siqlar va me’moriy naqshlarning boshqa unsurlari 2000–2001 yillardagi ta’mirlash ishlari natijasida amalga oshirilgan. Barcha bitiklar xivalik usta Sohibnazar Shomurodov tomonidan amalga oshirilgan. 2001 yilda bu yerga navoiylik usta Hamdam Ahrorxo‘ja yasagan marmar sag‘ana o‘rnatildi. Sag‘ana shakli va dekoratsiyasi keyingi temuriylar va shayboniylar davrlariga o‘xshash sag‘analarga taqlidan yasalgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2016-2017 yillarda Abu Iso at-Termiziy majmuasida ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, 450 o‘rinli masjid, tahoratxona, oshxona, beshta sharqona ayvoncha va uchta sharqona darvoza qurildi. Imom Termiziy maqbarasi qayta ta’mirlanib, uning yonida qo‘shimcha ziyoratgoh qad rostladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA