Imo-ishoralarda aks etgan mehr-muhabbat (+video)
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida joylashgan Yangi Boston mahallasidagi Kar va soqov bolalar maxsus maktab-internatida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami o‘ziga xos tarzda nishonlandi.
“O‘zbek tili – barchamizni birlashtirgan kuchdir” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbir ona tilimiz qadri va ahamiyati naqadar yuksak ekanligini ayon etdi.
Bu internatda ta’lim oluvchi bolalarning tilni talaffuz qilish yoki eshitish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, ularning ona tiliga bo‘lgan muhabbati, uning qadr-qimmatini yurakdan anglashlari barchani lol qoldirdi.
Ular ona tilimizni faqat gapirish yoki eshitish vositasi emas, balki millatning ruhi, yurt tarixining ovozi va o‘zligimizni kelajakka o‘tkazuvchi ko‘prik deb bilishadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qoav9Tcq5qc" title="Imo-ishoralarda aks etgan mehr-muhabbat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov (video, surat), O‘zA muxbiri