Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Immunologiya muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
09:59 / 2022-05-10

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan Rossiya Fanlar akademiyasi va Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Rahim Hayitov xotirasiga bag‘ishlangan “Allergologiya va immunologiya muammolari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjuman xalqaro mehmonlar, soha fidoyilari va yosh tadqiqotchilar ishtirokida ko‘tarinki va yuqori saviyada o‘tdi. 

Rahim Hayitov tashabbusi bilan 1985 yil Toshkent shahrida Immunologiya instituti tashkil etilgan. R.Hayitov umrining oxirigacha Immunologiya va inson genomikasi institutiga amaliy yordam berdi. O‘zbekistonda immunologiya va allergologiya sohasida yetishib chiqqan barcha olimlar Rahim Hayitovni o‘zining ustozi deb biladi. bugungi kunda sohada chinakam ma’noda Rahim Hayitov maktabi shakllangan. 

Immunologiya va inson genomikasi instituti Rossiya Immunologiya instituti davlat ilmiy markazi bilan birgalikda immunologiya va allergologiya yo‘nalishida respublikamizning barcha viloyatlaridan 250 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etgan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilgan. 

[gallery-7024]

Konferensiyada zamonaviy immunologiya va allergologiya soxasidagi yetakchi olim va amaliyot xodimlarning eng yangi tadqiqotlari va ilg‘or ilmiy-amaliy tajribalari hamda sohani rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Soha ekspertlari va olimlar mavzu yuzasidan fikr almashdi. 

Sana munosabati bilan akademiya rahbariyati, olimlar va marhumning shogirdlari Rahim Hayitov hayot yo‘li va qoldirgan boy ilmiy merosi haqida iliq fikrlar bildirdi. 

D.Mamatova,  O‘zA