Ayol — jamiyat tayanchi, oilaning ko‘rki, millat kelajagining poydevori. Ayol zotiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish millatimizga xos fazilatlardan.
Bu borada mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llash, rag‘batlantirish, ta’lim va kasb-hunar egallashi uchun sharoit yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlar amalda o‘z samarasini berayotgani, ayol-qizlarimizning davlat va jamiyat hayotidagi ishtiroki kengayib borayotgani quvonarli.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Sayyora Imomova yurtimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
— Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oliy ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilib, qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Birgina ta’lim sohasida xotin-qizlarimiz uchun yaratilayotan yengilliklar, imtiyozlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning oliy ta’limga ega bo‘lishi davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bayram arafasida qabul qilingan Prezident farmoni bilan homilador va 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollarning oliy ta’limda o‘qishini davom ettirishi uchun imtiyozlar, alohida imkoniyatlar berilgani yanada quvonarlidir.
Shuningdek, nogironligi bor, ehtiyojmand xotin-qizlarimizni o‘z imkoniyatidan kelib chiqib faoliyat yuritishi, daromadga ega bo‘lishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun ham alohida shart-sharoitlar yaratilayotgani e’tiborga molik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vWIyfkTz2Ho" title="Imkoniyatlari cheksiz ayollar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Oybek Davronov,
Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA