Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyatlar – yangi loyihalarga zamin yaratmoqda
11:47 / 2025-12-22

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid farmon va qarorlari asosida Taxtako‘pir tumanida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Zamondoshlarimiz o‘z biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarib, aholi bandligini ta’minlash va shu orqali hudud iqtisodiyotini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.

[gallery-26842]

Tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar taxtako‘pirlik Allayor Madreymov uchun yangi loyihalarni amalga oshirishda imkoniyat eshigi bo‘ldi. Tadbirkor imtiyozli kredit evaziga ko‘p tarmoqli “Kausar tegirmon” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.  

Korxona egasi mahalliy aholi uchun sifatli un va un mahsulotlari ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Bugungi kunda u 46 milliard so‘mlik donni qayta ishlash loyihasini ishga tushirish arafasida turibdi. Turkiya davlatidan eng so‘nggi zamonaviy uskunalar keltirilib, hozirda ularni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Korxona to‘liq ishga tushgach, yiliga 10 ming tonna un va un mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, bir qancha yangi ish o‘rni yaratiladi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA