Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyatlar tadbirkor uchun rag‘bat
14:39 / 2026-01-09

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “SVS Navoiy” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasida qurilish uchun polivinilxlorid va lateks qoplamali qo‘lqoplar ishlab chiqariladi. Loyihaning birinchi bosqichi 2023 yil iyul oyida ishga tushirilgan bo‘lsa, 2025 yilning uchinchi choragida uning 2-bosqichiga start berildi.

Hozirda mahsulotlarimizni yuz foiz eksportga chiqaryapmiz, - deydi korxona rahbari, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi Qudratjon Jumaboyev. – 2024 yilda 7,5 million dollar miqdorida eksport qilgan bo‘lsak, 2025 yilda bu raqamni karrasiga oshirdik. Biznesni boshlash arafasidagi har qanday kishida hadik bo‘lishi mumkin. Lekin bugun bunday hadik va qo‘rquvga hojat yo‘q. Davlatimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Yer ajratib berilmoqda. Soliq imtiyozlari bor. Bularning hammasi juda katta imkoniyat.

[gallery-27034]

Loyiha doirasida qo‘lqoplarni latekslab bo‘yash bosqichi ham shu yerning o‘zida amalga oshirilishi natijasida samaradorlik sezilarli yuqoriladi.  Loyiha to‘liq quvvatlarda ishga tushishi bilan zavodda oyiga 25 million juft qurilish qo‘lqoplari ishlab chiqarilib, har oy 3 million dollarlik eksport amalga oshiriladi. Korxonada 1 ming 200 kishining bandligi ta’minlanadi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA