Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyatlar samara bermoqda
19:10 / 2025-12-18

Davlatimiz rahbarining iqtisodiy islohotlarga qaratilgan sa’y-harakatlari natijasida mamlakatimizda yangi loyihalar, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari amalda o‘z samarasini bermoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Chimboy tumani bo‘limi tomonidan joriy yil davomida hududdagi 38 ta tadbirkorlik sub’ektiga o‘z faoliyatini boshlash uchun kredit mablag‘i ajratishda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, yana 6 tasiga Qozog‘istondan yirik shoxli naslli qoramollarni olib kelish uchun shartnoma hujjatlarini tayyorlash, 100 nafardan ziyod ishsiz ayol bilan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha, grant mablag‘lari hisobidan 49 ming AQSH dollari miqdoridagi quyosh panellarini o‘rnatishda tegishli amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari 84 ta tadbirkorlik sub’ekti O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zoligiga bepul qabul qilindi. Hozirgi kunda joylarga chiqqan holda tumandagi 22 mahalla va ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi tadbirkorlik sub’ekti hamda o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar muammo va murojaatlari o‘rganilmoqda. Aniqlangan muammolarga yechim topish maqsadida esa tegishli muassasa va tashkilotlar bilan birgalikda zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.

“Berdaq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Sarsay” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rahbari Azamat Joldasbayev ham yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, bankning imtiyozli krediti hisobidan salfetka ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tumandagi savdo do‘konlariga, restoran va to‘yxonalarga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

O‘zA fotomuxbiri

Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar