Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi uchun 76 500 000 soʻm toʻplandi
19:51 / 2019-09-05

Finalda “Orient finans bank” va “APEX” jamoalari maydonga tushdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyinda “OFB” 4:2 hisobida raqibidan ustun keldi hamda turnir gʻolibiga aylandi.


Poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” sport majmuida imkoniyati cheklangan bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ularga xayriya yordami koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta kompaniyalarining ijtimoiy faolligini namoyon qilish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport, Madaniyat vazirliklari, Milliy olimpiya qoʻmitasi va “GROSS INSURANCE” masʼuliyati cheklangan jamiyati koʻmagida mini-futbol boʻyicha IV Xalqaro xayriya turniri boʻlib oʻtdi.

Xalqaro turnirda Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta kompaniyasi vakillaridan iborat jamoalar, sheriklar hamda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlardan kelgan futbolchilar ishtirok etdi.

Finalda “Orient finans bank” va “APEX” jamoalari maydonga tushdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyinda “OFB” 4:2 hisobida raqibidan ustun keldi hamda turnir gʻolibiga aylandi.

Mahalliy va Xalqaro sugʻurta kompaniyalari oʻrtasidagi sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashda, aholi oʻrtasida futbolni ommalashtirishda hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda alohida ahamiyat kasb eta olgan mazkur turnir davomida 76 500 000 soʻm toʻplandi.Ushbu xayriya turniridan kelib tushgan mablagʻ Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markaziga yoʻnaltiriladi va yurak xastaligiga chalingan bolalarni davolashda foydalaniladi.

photo5442863225470299756.jpg