Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun diagnostik test sinovlari tashkil etildi
12:12 / 2026-02-27

Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida maxsus maktab va maktab-internatlar bitiruvchilari uchun diagnostik test sinovlari o‘tkazildi.

Ushbu sinovlarning asosiy maqsadi — eshitish va gapirishida nuqsoni bo‘lgan yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari formati bilan yaqindan tanishtirish, ularni real imtihon muhitiga moslashtirishdan iborat.

Test sinovlari zamonaviy talablar asosida tashkil etildi. Ishtirokchilar binoga Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan yuzni tanish dasturi — Face ID orqali shaxsini tasdiqlagan holda kiritildi.

Abituriyentlarga o‘z bilimlarini namoyish etishlari uchun 3 soat vaqt ajratildi.

Sinovlarda jami 300 nafarga yaqin talabgor qatnashdi. Jarayon davomida yoshlarga qulaylik yaratish va muloqot to‘siqlarini bartaraf etish maqsadida Agentlik bilan shartnoma asosida ishlovchi malakali surdotarjimonlar jalb qilindi.

Bu kabi diagnostik sinovlar bitiruvchi yoshlarga haqiqiy imtihonlar oldidan o‘z bilimlarini xolis baholash va psixologik tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA