Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyati cheklangan talabalar uchun Turkiya tajribasi o‘rganildi
15:51 / 2022-05-27

O‘zbekistonda inson qadrini yuksaltirish, uning huquqlarini himoya qilish hamda farovon turmush kechirishi uchun barcha sharoitni yaratib berish borasida amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, bugun respublikamizda istiqomat qilayotgan 800 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxsni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada, nogironlik ijtimoiy himoya yoki tibbiyot muammosi emas, balki, birinchi navbatda, inson huquqlari masalasi sifatida kun tartibiga qo‘yildi.

Jumladan, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish jarayonida umumiy qabulda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizlik kvota ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu islohotlarni yanada tizimlashtirish hamda xalqaro tajribani kengroq joriy qilish maqsadida “Istiqbol” tadqiqot markazi ekspertlari tomonidan “Oliy ta’limda tahsil oluvchi nogironligi bor talabalar uchun to‘siqsiz muhitni shakllantirish metodikasini yaratish” loyihasi doirasida Turkiyaning Anqara universitetida nogironligi bor talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

bugungi kunda 70 mingga yaqin talaba tahsil olib kelayotgan oliy ta’lim muassasasida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ham binolarga kirish yo‘laklari, lift, kutubxonalarda barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar bilan ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar, bu borada Turkiya va O‘zbekiston tajribasi borasida ham fikrlar almashildi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, ayni kunda “Istiqbol” tadqiqot markazi ekspertlari tomonidan yana bir qator xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilmoqda.

O‘zA