Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyati cheklangan mohir bolalar
10:24 / 2023-11-11

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “O’zLiDeP – 20 yoshda” shiori ostida mahorat darsi tashkil etildi. Unda deputatlar, tegishli tashkilot vakillari, tadbirkor xotin-qizlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari K.Artikov, Nukus shahar Kengashi deputati A.Saipova va boshqalar tomonidan mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan  islohotlar, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda maqsadlar qayd etildi. Strategiyadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish, nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarni reabilitatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish, mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ta’kidlandi.      

–Bu kabi bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan onalarni haqiqiy qahramon deyish mumkin, – deydi “O‘zbekiston maxsus olimpiadasi” jamoat birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi  rahbari Gulshat Tursimuratova. –Har bir ona farzandining g‘alabasidan xursand bo‘ladi,yutuq  uni ilhomlantiradi,  u bilan birga turli tadbirlarda ishtirok etadi, bir-biri bilan muloqot qilish orqali ko‘plab muammolar hal bo‘ladi.  

Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Kengashi tomonidan tashkil qilingan tadbirga onalari bilan birgalikda tashrif buyurgan bolajonlarga tadbirkor qizlar  oddiygina  qog‘oz  parchalaridan qanday buyumlar yasash mumkinligi, qo‘l mehnati bilan qilinadigan ishlar, tug‘ilgan kun yoki turli bayramlarda sovg‘alar tayyorlash bo‘yicha tavsiya hamda maslahatlarini berishdi.  

Maxsus olimpiada – bu nafaqat sport, ilk muvaffaqiyat va g‘alabalar, balki kuchlarni birlashtirish, qiyin vaziyatlardan chiqish yo‘lini topish, yangi do‘stlar orttirish va o‘zi kabi alohida e’tiborga muhtoj bolalar bilan yaqin bo‘lish imkoniyatidir.  

Tadbir davomida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan 15 noyabr partiya tashkil etilganiga  20 yil to‘lishi munosabati bilan  imkoniyati cheklangan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri