Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi
20:13 / 2022-03-13

Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida imkoniyati cheklangan, eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor fuqarolar bilan “Siz bizga keraksiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilarga missionerlik va prozelitizm harakatlarning salbiy ta’siri, uning oldini olish borasida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, yurtimizda diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda o‘z ifodasini topgan. Xususan, Konstitutsiyamizning 31-moddasiga muvofiq har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ammo demokratiya niqobi ostida kirib kelgan missionerlik va prozelitizm kabi harakatlarning maqsadi, aholi tinchligi va osoyishtaligiga tahdid qilish bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham hushyor bo‘lishimiz, loqaydlikka berilmasligimiz kerak.

Tadbir yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan 180 nafar imkoniyati cheklangan, eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor fuqaroga dasturxon yozilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

[gallery-6129]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA