Imkoniyati cheklangan fuqarolar daromadli bo‘ldi
Ba’zan taqdirning og‘ir sinovlari natijasida insonning ayrim imkoniyatlari cheklanib qoladi. Ammo yaratgan bir eshikni yopsa ikkinchisini ochadi. Shunday insonlar borki ular imkoniyati cheklangan bo‘lsada, harakatdan to‘xtamaydi. Faqat va faqat oldinga intiladi.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov tomonidan bir necha yillardan buyon etikdo‘zlik bilan shug‘ullanib kelayotgan 10 nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan poyabzal tikish asbob-uskunalari topshirildi.
Endi ularning ish unumdorligi oshib, oilaviy byudjetiga ko‘proq foyda keladi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun fuqarolar o‘z minnatdorligini bildirmoqda.
O‘lmas Barotov,
O‘zA