Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi
14:48 / 2025-11-21

Ma’lumki, mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bolalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun inklyuziv ta’lim, teng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan  “Braille Lego” loyihasining birinchi taqdimoti o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar 77-sonli “Nurli maskan” internati ko‘magida 50 nafar bola ishtirok etdi. Tadbir davomida har bir bolaga maxsus Brayl alifbosi tushirilgan Lego o‘yinchoqlari topshirildi.  

Tadbirda qayd etilganidek,  “Braille Lego”  nafaqat o‘yinchoq, balki o‘qish, yozish, dunyoni his qilish va mustaqil bilim olishga yordam beruvchi, bolalarning “men ham qila olaman” degan e’tiqodini mustahkamlovchi vosita.

Ushbu o‘yinchoqlar bolalarning mustaqil o‘rganishi, tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA