French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun bepul tikuv mashinalari tarqatildi
17:16 / 2022-08-04

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan respublikamizdagi 86 ta Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning har biriga 5 donadan bepul tikuv mashinalari ajratish jarayonlari boshlandi.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan taqdim etilayotgan dastlabki tikuv mashinalari Qashqadaryo viloyatida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar tahsil olayotgan maktablarga yetkazildi.

Ushbu tikuv mashinalari viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hamda Uyushmaning hududiy rahbari tomonidan ta’lim muassasalariga topshirildi.

O‘zA