FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyatidagi saylov uchastkalarida jismoniy imkoniyati cheklangan saylovchilarning ovoz berishda hech qanday to‘siqlarsiz ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijada ular ovoz berish jarayonlarida qatnashib, o‘z irodasini ifoda etmoqda.
Ana shunday saylovchilardan biri Alisher Eshmatov Qamashi tumanidagi Navoiy mahallasida joylashgan 312-saylov uchastkasiga borib, o‘zi munosib deb bilgan nomzod va partiyaga ovoz berdi.
Viloyatda 86 ming 259 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning asosiy qismi A.Eshmatov singari saylov uchastkalariga borib, ovoz berishda ishtirok etdi. Bunda ular uchun barcha saylov uchastkalariga Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlar yetkazilgani, ovoz berish xonalariga maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari joylashtirilgani, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi saylovchilar mavjud bo‘lgan saylov uchastkalariga optik lupalar yetkazib berilgani, binolar nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yo‘laklari yoki “yordamga chaqirish” tugmasi bilan jihozlangani muhim ahamiyat kasb etdi.
[gallery-20062]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA