Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Imkon qadar do‘stlaringizni yo‘qotmang!"
15:58 / 2025-02-13

Samarqand shahrida shu mavzudagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Anjumanda O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari adabiyotshunos olimlari, tarixchilar, madaniyat xodimlari va ijodkorlar ishtirok etmoqda.

Unda Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Tojikiston milliy akademiyasi rahbari Qobiljon Xushvaqtzoda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va yozuvchi Farmon Toshev va boshqalar ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan o‘zbek va  tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari yanada mustahkamlanayotgani, bugun har ikki mamlakatda ikki tilda ijod qilayotgan shoir va yozuvchilar safi kengayayotgani haqida so‘z yuritdilar.

Azaldan bir mintaqani Vatan bilgan qardosh ikki xalq bugun ham do‘stlik rishtalarini mustahkamlab kelmoqda.  Mazkur anjuman ham o‘zbek va tojik adabiyoti, san’ati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

– Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy kabi buyuk bobolarimiz boshlab bergan ma’naviy hamkorlikni ko‘plab ulug‘ shoir va yozuvchilar davom ettirib kelmoqda,– deydi Tojikiston madaniyat va ma’rifat vaziri o‘rinbosari Davlat Safarov. – Keyingi paytlarda o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatilmoqda. Jumladan, adabiyot va madaniyat sohasida xayrli ishlar amalga oshirilyapti. Bugun Samarqand shahrida tashkil etilgan anjumanga o‘xshash tadbirlar O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Qolaversa, o‘zbek ijodkorlari, san’at ustalarini yurtimizga taklif qilamiz.

Konferensiya ikki kun davom etishi va uning doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari