Ilyos Molina Osiyo chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi
Malayziyada qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston, Malayziya, Qatar, Singapur, Filippin, Makao, Qozog‘iston, Tailand, Hong Kong va boshqa mamlakatlardan kelgan 40 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilyos Molina bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qilichbozimiz musobaqa davomida Manuel Markus Antonio (Filippin), Cheong Chong Kio (Makao) va Timofey Semyonovni mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur yo‘nalishdagi oltin va kumush medallar Hong Kong terma jamoasi a’zolari Xo Shing Xim Xarris va Lam Xo Longga nasib etdi.
Shuningdek, terma jamoamiznig yana bir a’zosi Ulug‘bek Usmanov 11-o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA