French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilyas UMAXANOV: Rossiyalik tadbirkorlarning O‘zbekistonga qiziqish juda yuqori
12:43 / 2019-10-02

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienkoning mamlakatimizga tashrifi doirasida kecha O‘zbekiston – Rossiya Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.


Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienkoning mamlakatimizga tashrifi doirasida kecha O‘zbekiston – Rossiya Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining o‘rinbosari Ilyas UMAXANOV majlisdan so‘ng O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

– Avvalo, bag‘rikeng o‘zbek xalqiga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Delegatsiyamizga O‘zbekiston zaminiga qadam qo‘ygan dastlabki daqiqalardanoq chuqur ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatingizga tashrif dasturi juda tig‘iz va tadbirlarga boy. Yurtingizga keliboq, O‘zbekiston – Rossiya Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etganimiz ham fikrimni isbotlaydi.

Ikki davlat parlamentlarining maqsadi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratishning qonuniy asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada ikki davlat Ishbilarmonlar kengashlari faoliyati muhim vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bu safar Rossiya delegatsiyasi tarkibida mamlakatning yirik sanoat markazlari – Moskvadan tashqari Chelyabinsk, Yekaterinburg, Samara va boshqa mintaqalardan vakillar bor. Umuman, rossiyalik tadbirkorlarda O‘zbekistonga qiziqish juda yuqori. Masalan, bugungi kunda O‘zbekistonda bir yarim mingdan ziyod Rossiya kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu juda yuqori ko‘rsatkich. 

Rossiya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalko ta’kidlaganidek, Rossiya eksport markazi tomonidan olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, Rossiya kompaniyalarining qiziqishi nuqtai nazaridan O‘zbekiston bozori dunyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallagan. 

Majlis davomida ikkita muhim hujjat imzolandi. Biri axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ikkinchisi O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berishni osonlashtirish bilan bog‘liq. Har ikki kelishuv bugungi kunda mamlakatlarimiz uchun juda dolzarb. 
Majlisda ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari Parlamentlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisida ham muhokama qilinadi va bu borada qonunchilikka oid tegishli hujjatlar ishlab chiqiladi.

Umid qilamizki, mazkur tashrif Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning sa’y-harakatlari bilan yangi bosqichga ko‘tarilgan mamlakatlarimiz hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.