English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilya Sibirsev Kanadada uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi
09:24 / 2025-05-22

Kanadada suzish bo‘yicha o‘tkazilgan “The 60th Annual Mel Zajac Jr. International Swim Meet” xalqaro turnirida suzish bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Ilya Sibirsev muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

U erkin usulda 400, 800 va 1500 metr masofada o‘tgan bellashuvlarda barcha raqiblarini orta qoldirdi va uchta oltin medalga ega chiqdi. 400 metr masofadagi bahslarda 3:48.26 natija qayd etgan Ilya g‘olib bo‘lish bilan bir qatorda, O‘zbekistonning yangi rekordini ham o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, Ilya Sibirsev shu yilning aprel oyida Kaliforniya shtatida o‘tgan “TYR Pro Swim Series” xalqaro suzish musobaqasida 1500, 400 va 800 metr masofada erkin usulda suzish bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA