Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Iltimos ovoz bering!» – O‘qituvchilar "Open budget"da ovoz to‘plashga majburlanayotgani rostmi?
17:55 / 2023-03-24

Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi o‘qituvchilarga “Tashabbusli budjet” loyihasida ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga bee’tibor qarayotgan o‘qituvchilarga kerakli chora ko‘rish bilan tahdid qilinayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan bu kabi xabarlar vazirlik tomonidan jiddiy o‘rganilmoqda.  

Shuningdek, vazir pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilayotganini qayd etgan.  

Ayni vaqtda «Vazirga murojaat» portaliga o‘qituvchilardan bu masalaga oid murojaatlar kelib tushmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi tegishli qaroriga ko‘ra, pedagoglarni xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.  

Agar ta’lim maskanida o‘qituvchilarni ushbu loyiha doirasida majburiy ovoz yig‘ishga jalb etish holatlari kuzatilsa, o‘qituvchilar, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari xodimlaridan vazirlikning ishonch telefoni: 71-202-09-09 ga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi. Kelib tushgan murojaat asosida ushbu yo‘nalishda qonun buzilish holati aniqlansa, tegishli mas’ul xodimlarga zarur ta’sir choralari ko‘riladi.  

O‘zA