Ilon tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi
Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qarshi shahar Mag‘zon mahallasi “Ziyolilar” ko‘chasida joylashgan uylardan birining ichki qismiga ilon kirib olganligi va uy egalari yashash uyiga kira olmayotganligi to‘g‘risida amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.
Murojaat bo‘yicha shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Fuqaroning yashash uyiga kirib olgan uzunligi bir metrga yaqin bo‘lgan ilon ushlanib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ilon xonadon a’zolarining hech biriga zarar bermagan va u qutqaruvchilar tomonidan o‘z vaqtida zararsizlantirilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri