Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilon Maskning Xitoy bilan munosabati AQSH hukumatini xavotirga solmoqda
21:30 / 2022-03-22

AQSH hukumati maxfiy ma’lumot tarqalib ketish xavfi tufayli amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Xitoy hukumati bilan moliyaviy munosabatidan xavotirda, deyiladi “The Wall Street Journal” gazetasi ma’lumotida.

Qayd etilishicha, AQSH Kongressi vakillar Palatasi razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi a’zosi Kris Styuart “SpaceX” va Xitoy hukumatining bevosita va bilvosita munosabati bo‘yicha maxsus brifing o‘tkazishni taklif qilmoqchi.

“Ilon Mask va “SpaceX” muxlisiman, lekin kompaniya Xitoy bilan moliyaviy aloqaga kirishgani meni xavotirga solyapti. Kongress ahvolni yetarlicha nazorat qilmayapti”, dedi Kris Styuart.

Ta’kidlanishicha, 2017 yil Xitoyning “Tencent” korporatsiyasi Ilon Maskning “Tesla”si aksiyalarining besh foizini sotib olganini ma’lum qilgan. Kompaniyaning elektromobillar yig‘ish bo‘yicha AQSHdan tashqaridagi yagona zavodi Shanxayda joylashgan.