Ilon Mask yangi ijtimoiy tarmoq yaratish ustida jiddiy bosh qotirmoqda
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask yangi ijtimoiy tarmoq yaratish ustida jiddiy bosh qotirayotganini ma’lum qildi.
"Ilon Mask, siz shunday yangi ijtimoiy tarmoq yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqqan bo‘larmidingiz? U ochiq boshlang‘ich kodlari bilan algoritmga ega bo‘ladi, unda so‘z erkinligiga va unga amal qilishga alohida e’tibor qaratiladi, u yerda propaganda oz bo‘ladi. O‘ylashimcha, bunday platforma kerak", – deb yozgan unga Twitter foydalanuvchilarning biri.
"Men buning ustida jiddiy o‘ylayapman", – deb javob qaytargan unga Ilon Mask.