Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilon Mask Twitter kompaniyasining barcha aksiyasini sotib olishga tayyor ekanini ma’lum qildi
14:53 / 2022-04-15

Amerikalik tadbirkor va dunyodagi eng badavlat kishilardan biri Ilon Mask Twitter aksiyalarining har birini 54,2 dollardan sotib olishga tayyor, deyiladi AQSH qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha Komissiya bergan bayonotda.

Aprel oyi boshida Ilon Mask Twitterning 9,2 foiz aksiyasiga ega ekanini ma’lum qilgan edi. "Men Twitterning 100 foiz aksiyasini donasini 54,20 dollardan sotib olish taklifini bildiraman. Mening taklifim eng zo‘ri va yakuniy narx. Agar taklifim qabul qilinmasa, men o‘zimning aksioner sifatida pozitsiyamni qayta ko‘rib chiqishimga to‘g‘ri keladi", – deyiladi Mask bergan bayonotda.  

Xabarda aytilishicha, Twitter aksiyalarining soni 800 million 641 ming 166 donani tashkil etadi. Mask taklif qilayotgan narx bo‘yicha hisoblanadigan bo‘linsa, kompaniyaning narxi 43,4 milliard dollarga baholanmoqda.  

Ushbu xabar ochiqlangandan keyin Twitter kompaniyasining asosiy aksionerlaridan biri Saudiya podshohligi xonadoni a’zosi shahzoda Al Valid bin Talal Al Saud amerikalik tadbirkor Ilon Maskning mazkur ijtimoiy tarmoqni sotib olish haqidagi taklifini rad etdi. "Men Ilon Maskning taklifi (54,2 dollar) Twitterning haqiqiy narxi ekaniga ishonmayman, chunki kompaniya istiqbolli hisoblanadi”, – deb yozdi u Twitterdagi shaxsiy sahifasida. Uning aytishicha, Twitterning yirik va uzoq muddatli aksioneri hisoblangan Kingdom Holding Company va o‘zi ushbu taklifni rad etadi.