Ilon Mask insoniyatni xavfdan ogohlantirdi
Keskin demografik muammo insoniyatga tahdid solmoqda, deya ta’kidladi amerikalik milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoq orqali.
“Insoniyat yuzma-yuz kelayotgan eng katta xavf — demografik muammo”, — dedi Mask tarmoq foydalanuvchilarning 2023 yilda ayrim mamlakatlarda tug‘ilish rekord darajada past bo‘lgani haqidagi xabariga izoh berar ekan.
Avvalroq Ilon Mask 2024 yil avvalgi yillardan ko‘ra yomonroq kelishini aytgan edi.