Texnologiya olamida yana bir shov-shuvli voqea ro‘y berdi. Ilon Mask o‘zining xAI kompaniyasi va X ijtimoiy tarmog‘i orqali Apple va OpenAI’ni sudga berdi. Ularning aytishicha, Apple va OpenAI “insofsiz raqobat” va “til biriktirish” orqali sun’iy intellekt bozorida monopoliyani mustahkamlashga urinayotgani aytilmoqda.
Da’vo Texas shtatining shimoliy sudida ko‘rib chiqiladi. Masalan, ChatGPT’ning iOS tizimiga integratsiya qilinishi foydalanuvchilarning tanlash imkoniyatini cheklagani aytilmoqda. Mask tomonidan bildirilgan da’volarga ko‘ra, bu tashabbus Apple va OpenAI’ga qo‘l kelayotgani, lekin boshqa sun’iy intellekt ishlab chiqaruvchilar yo‘liga to‘siq bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.
Mask, shuningdek, App Store reytinglarini manipulyatsiya qilishda ham Apple’ni ayblamoqda. Uning fikricha, kompaniya ataylab OpenAI ilovalariga ustunlik berib, raqobatchilar – jumladan uning o‘z Grok chat-botini – “zarur” dasturlar ro‘yxatidan chetda qoldirmoqda.
Bu orada OpenAI rahbari Sem Altman Maskning da’volariga javoban, “Ilon X platformasidan shaxsiy manfaatlari uchun foydalanayotgan bo‘lishi mumkin” dedi. Ammo uning jamoasi “ajoyib mahsulotlar yaratishga” e’tibor qaratishini ta’kidladi.
Qiziq tomoni – hozirda ChatGPT AQSH App Store’ida birinchi o‘rinda, Maskning Grok’i esa oltinchi o‘rinda turibdi. Apple va OpenAI hamkorligi esa yanada chuqurlashmoqda: yaqinlashib kelayotgan iOS 26 tizimida GPT-5 Apple Intelligence’ga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Shunday qilib, texnologiya gigantlari o‘rtasidagi raqobat endi sud maydoniga ko‘chmoqda. Bu jarayon oxir-oqibat kim foydasiga ishlashini esa vaqt ko‘rsatadi.
<iframe width="463" height="823" src="https://www.youtube.com/embed/LQFn3qP-gJA" title="Ilon Mask, Apple va OpenAI – raqobat maydonida yangi jang!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozim Mardonov, Doniyor Yakubov, O‘zA