Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmu fan – Yangi O‘zbekiston tayanchi
12:48 / 2021-01-02

Muddao va maqsadlarimiz aniq. Ularga erishish uchun puxta ishlangan dasturlarimiz va amalga oshirilgan ishlarning ilm ahli tomonidan qo‘llanishi yurtning eng katta yutug‘idir.

O‘qituvchilar mamlakat oldida turgan vazifalarni qanchalik samimiy qabul qilsa, shu maqsadlarni amalga oshirishga bel bog‘lab harakat qilsa, buning samarasi ham shunchalik tez ko‘zga ko‘rinadi.  

Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablar asosida ishlaydigan avlodni tarbiyalash g‘oyat murakkab va bu bir kunda hal bo‘ladigan ish emas. Buning uchun katta mas’uliyat kerak.  

Yangi O‘zbekiston, uchinchi Renessans, degan so‘zlar dabdabali shior emas, balki teran o‘ylangan, hisob-kitoblar negizida chiqarilgan asosli xulosalardir. Bizda buyuk tarix va ilmiy meros bor. Matematika o‘qituvchisi sifatida barcha davrlarning buyuk matematigi Muhammad Muso Xorazmiyning ko‘plab asarlarini takror va takror o‘qiganman. Bu asarlar  mamlakatimizning intellektual salohiyati, aqliy boyligidir. Bu nodir asarlar vorisi - barchamiz. Ayniqsa, yosh ilmiy izlanuvchilar buni chuqurroq anglashi lozim.  

Ochiq aytish kerak, ishlab chiqarish sohasi, korxonalarda ilmu fan, ilmiy-tadqiqotlar natijasi bilan qiziqish darajasi yetarli emas. Ilmiy kashfiyotlarni izlash, uning ortidan foyda ko‘rish bugunning eng katta vazifasi.  

Raqobat bo‘lmagan, davlat hisobidan kun ko‘rish kayfiyati ustun bo‘lgan joyda ilmu fan va yangicha yondashuv mutlaqo bo‘lmasligi tabiiydir. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan faolllar va jamoalarni ilmu fan taraqqiyotiga qiziqtirmasdan ilmiy izlanish natijalarini hayotga tatbiq etishni hal qilib bo‘lmasligi ayon haqiqatdir.

Ilmda hamjihatlik va hamkorlik, tug‘ilgan yangi g‘oyalarni vaqtida to‘g‘ri baholay bilish, eng maqbul va samarali g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash ilm kishisiga g‘ayrat bag‘ishlab turaveradi.

Dilfuza Eshmamatova,

Toshkent davlat transport universiteti kafedra mudiri.

O‘zA