FOTOREPORTAJ
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida seminar va sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Kadastr agentligi Oila va Xotin qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raisi Salyaxon Botirova hamda Davlat kadastrlari palatasi Oila va Xotin qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raisi Munojatxon Yo‘ldosheva ishtirokidagi tadbirda boshqarma hamda uning tuman va shahar filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar qatnashdi.
[gallery-23595]
Seminar davomida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot rahbarlari, tajribali shifokor va psixologlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xizmat madaniyati va internetdan samarali foydalanish mavzularida ma’ruzalar o‘qildi.
Tadbirda kadastr sohasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, sohani yanada ravnaq topishiga qo‘shayotgan sharafli mehnatlarini inobatga olib boshqarmalarning Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotidagi samarali faoliyati uchun bir nechta xodimga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar o‘rtasida sohaga oid viktorinalar, savol-javoblar va bilimlar bellashuvlari tashkil etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA