Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ILMIY XULOSA: «To‘palang» suv ombori suvi ekologik toza va sog‘lik uchun foydali
21:00 / 2021-11-19

"To‘palang" suv omboridagi suvning holati va tarkibi O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti xulosasiga ko‘ra, suvni ekologik toza, ichish uchun yaroqli hamda tarkibiy jihatdan inson organizmi uchun qator foydali mineral xossalariga boy ekan.

Joriy yilning 19 noyar kuni "O‘zbekgidroenergo" AJ tomonidan tashkil etilgan press-turda bu haqida ma’lum qilindi.

Unda ta’kidlanishicha, ichimlik suvining tarkibiy xossalari tahlil etilganda, hozirda viloyat axolisi iste’mol qilayotgan suvning katta qismining qattiqlik darajasi 14 foizga yetar ekan. Ushbu suv ombordagi suvning qattiqlik darajasi 4 foizdir.

"To‘palang" GES suv ombori bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Rustam Botirov ishtirokchilarga bu yerda qurilgan yirik inshoot va uning imkoniyatlari xususida gapirib berdi.

-Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «To‘palang» suv ombori 1982 yilda qurilgan dedi, - dedi R.Botirov. - Loyiha quvvati 500 million kub metr bo‘lib, suv ombori to‘g‘onining balandligi 165 metr, yana 22 metr yer ostiga poydevor qilingan. Bu jami 187 metrni tashkil etadi.

"To‘palang" suv ombori bilan tanishuvdan so‘ng OAVlar vakillari "To‘palang" GES faoliyati va bu yerda elektr energiya ishlab chiqarish jarayonlari hamda inshootda amalga oshirilayotgan loyiha haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng viloyat aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar rejasiga urg‘u berildi.

"O‘zbekgidroenergo" AJ matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, davlatimiz rahbarining joriy yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha ko‘rsatmalariga muvofiq, hozirgi kunda viloyatning 11 ta tumanida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. 

[gallery-4736]

Bu juda murakkab loyiha bo‘lib, dastavval “To‘palang” suv omborining quyi qismida bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari quriladi. "To‘polang"suv omboridan olingan suv avval asosiy inshootga qo‘yiladi, keyin esa magistral quvurga uzatiladi. Suv tepalikdan tushib kelgani va uni haydash uchun hech qanday ortiqcha vositalar talab etilmaydi, tabiiy bosim natijasida barcha hududlarga birdek yetib boradi.

-Loyihaga ko‘ra, “To‘palang” suv omboridan tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.

Loyixaning umumiy qiymati 138 million dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Dastlab 400 kilometrlik magistral tarmoq yotqizilishi va xalqaro moliya institutlaridan 150 milliln dollar jalb etilishi belgilangan. Surxondaryo viloyatida foydalaniladigan suv resurslarining umumiy hajmi yiliga 4270 milliard metr kubni tashkil qiladi. Bunda asosiy ko‘rsatkich "To‘palang" suv ombori hissasiga to‘g‘ri keladi, -dedi

"O‘zbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, matbuot xizmati boshlig‘i Ravshan Baykulov.

Ertaga press-tur doirasida "Zarchob-2" gidroelektr stansiyasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA