Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy-ta’limiy forum
18:58 / 2021-03-26

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, «E-Line Press» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida noshirlikda ilmiy ma’lumotlardan foydalanishga doir mavzuda V milliy ilmiy-ta’limiy forum o‘tkazildi.

Elektron resurslarni yaratish texnologiyalari va jahon ilmiy ta’lim manbalari bilan ishlash orqali O‘zbekistonda innovatsion faoliyat, ilmiy tadqiqotlarning sifati va noshirlik funksiyalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev ilmiy yo‘nalishdagi ilg‘or axborot resurslaridan samarali foydalanish tadqiqotlar va ta’lim sifatini oshirish, ishlab chiqarish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

Agentlik tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar xodimlari elektron manbalarning xilma-xilligi va ularning boshqaruvi, ilmiy ma’lumotlarni saqlash, ilmiy o‘lchov vositalari va ularni qo‘llash bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishdi. Forum ishtirokchilari, shuningdek, dunyoning yetakchi nashriyotlari va ilmiy manbalardan foydalanish, yuqori reytingli jurnallarda maqolalarni nashr etish imkoniyatlari haqida keng ma’lumotlar olishdi.

N.Usmonova, O‘zA