Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy-pedagog kadrlar salohiyati yanada yuksaladi
13:17 / 2021-02-24

Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifat tarkibini yaxshilash, ilmiy tadqiqotchilar, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, tavsiya va maslahatlar berish maqsadida tashkil etilgan  uchrashuvda universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy kengash raislari, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Ahmadbek Yusupov oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tartiblar haqida ma’lumotlar berdi.  Dissertatsiya ishlari, shuningdek, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlar talabgorlariga qo‘yiladigan talablarni tushuntirdi, bu borada tadqiqotchilarni qiynayotgan muammolar, ilmiy-tadqiqot va  izlanishlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sun’iy to‘siqlar haqida tadqiqotchilarning fikrlarini tingladi.

[gallery-1279]

– Mazkur uchrashuv jamoamiz, ayniqsa, ilmiy ishlar olib borayotgan pedagoglarimiz uchun foydali bo‘ldi, – deydi Andijon davlat universiteti prorektori Baxtiyorjon Rasulov. 

–  Oldimizda turgan qator muammolarga birgalikda yechim topildi, attestatsiya masalasida, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tartiblari haqida keng ma’lumotlar oldik. Asosiysi, uchrashuv ilmiy-pedagog kadrlar salohiyatini yanada yuksaltirishga turtki bo‘ladi.  

Tadbir davomida universitet doktorantlari, olimlari o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari haqida Oliy attestatsiya komissiyasi raisiga ma’lumotlar berib, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifat tarkibini yaxshilash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan o‘zlarining taklif, fikr va mulohazalarini bildirdi.  

Muloqot, savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga OAK raisidan batafsil javob oldi.  

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA