Nargiza MIRZAEVA Dotsent filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston nargizamirzaeva465@gmail.com
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Ushbu maqolada ilmiy tadqiqotlarda mediamatnlarni tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Mediamatn – ijtimoiy voqelikni ifodalovchi va jamiyatga ta’sir ko‘rsatuvchi kompleks axborot birligi sifatida talqin qilingan. Unda bir nechta semiotik tizimlar – til, tasvir, ovoz va vizual belgilarning uyg‘un holda namoyon bo‘lishi, mediamatnlarni tahlil qilishning turli metodlari – diskurs tahlili, semiotik tahlil, kontent tahlili va kritik tahlil keng qamrab olingan hamda ularning ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati asoslangan. Shuningdek, mediamatn tahlili orqali ijtimoiy fikrning shakllanishi, axborot manbalarining ta’sirchanlik darajasi va media savodxonlikning oshishiga doir xulosalar berilgan.
Tayanch so‘zlar: mediamatn, ilmiy tahlil, diskurs, semiotik tizim, kontent tahlili, media savodxonlik, axborot ta’siri, manipulyatsiya, ijtimoiy fikr, mediamuhit