Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy ishlanma va ixtirolar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
19:20 / 2023-07-04

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi ishchi guruh davlatimiz rahbarining 2022 yil 31 martda imzolagan “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarni ko‘zdan kechirish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi.

Muloqot avvalida so‘nggi yillarda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va ozuqa ekinlari urug‘chiligida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlanmalar, ixtirolar va ratsionalizatorlik loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda institutning yosh olimlari tomonidan yaratilgan jaydari zotli qo‘ylarning “Oqchasoy” tipi ichida yana ikkita yangi liniya yaratish loyihasi ko‘zdan kechirildi.  

O‘tgan yili olimlarimiz tomonidan yaratilgan va Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlangan O‘zbekiston tog‘ asalarisi va cho‘l asalarisining mahsuldorlik, turli iqlimga moslashuvchanlik xususiyatlari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan “Bog‘ va tokzorlarni asalarilar orqali changlatishning zamonaviy innovatsion uslullari” loyihasi ko‘rib chiqildi.

Parrandachilikda xonaki tovuq va kurka zotlarini ko‘paytirish, o‘tgan asrda mamlakatimizda yaratilgan, bugungi kunda yo‘qolib ketish arafasida turgan tovuqlarning “O‘zbekiston” zoti ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish, xonaki tovuqlarning yangi sermahsul liniyalarini yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, taqdimot davomida xonaki parrandachilikda qo‘llaniladigan ixcham, zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi.  

O‘zA