Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy hamkorlik yanada yuksaladi
09:51 / 2025-08-04

Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga Jizzax shahridagi Qozon (Volga bo‘yi) federal universiteti filiali direktori o‘rinbosari Timur Asatov hamda mazkur oliygoh o‘qituvchisi Husan Sagatov tashrif buyurdi.

Mehmonlar universitet tarixiga bag‘ishlangan muzeydagi qimmatli eksponatlar, arxiv hujjatlari va ilmiy meros bilan yaqindan tanishdi. Muzeydagi universitetning turli davrlarda faoliyat yuritgan rektorlar, yirik olimlar, o‘qituvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

– Muzey menda katta taassurot qoldirdi. Unda nafaqat mening bobom – professor Soli Sagatov, balki butun bir avlodning, millat ziyolilarining tarixiy xotirasi asrab-avaylanmoqda, – deydi Husan Sagatov. – Universitet tarixiga bo‘lgan bunday e’tibor va ehtiromni yurakdan his etdim.

Bizning ustozlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi g‘oyat muhim. Men va hamkasblarim kelgusida Jizzaxda ham shunday muzey tashkil etish niyatidamiz. 

Tashrif so‘nggida mehmonlarga universitet tarixi va ustozlar xotirasiga bag‘ishlangan “Ustozlar xotirasiga ehtirom” nomli kitob sovg‘a qilindi. Mazkur muloqot va sayohat Farg‘ona davlat universiteti hamda Qozon federal universiteti Jizzax filiali o‘rtasidagi ilmiy, ma’naviy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. 

Nilufar Bozorova, O‘zA