Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm va ma’rifat bilan kelajak sari!
12:38 / 2023-10-20

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida ayollarning jamiyatda mavqeini oshirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida Surxondaryo viloyatida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday madaniy-ma’rifiy tadbirlardan biri Sho‘rchi tumanidagi “Xushchekka”, Uzun tumanidagi “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlarda so‘zga chiqqanlar ilm va ma’rifat yoshlarni jaholatdan qutqarishi, insonning hayotda o‘z o‘rnini topishi, yaxshi xulq va odob egasi bo‘lishida asosiy vosita ekani haqida fikr–mulohazalarini bildirdi. Tadbir doirasida Respublika targ‘ibot guruhi a’zolari Uzun tumani “Yangi yo‘l” mahallasidagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ayollar holidan xabar oldilar.

[gallery-14117]

O‘zA fotomuxbiri
Jonibek Qo‘zimurodov olgan suratlar