English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm va ijod: yoshlarning yangi g‘oyalari bilan tanishildi
13:32 / 2024-07-19

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, yosh olimlar va talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda kitobxonlik madaniyati, mutolaa loyihasining foydali jihatlari va raqamli targ‘ibot borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida fikr almashildi. Yoshlar muammolarini hal qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ularning yangi g‘oyalari bilan tanishildi.   

Shuningdek, yoshlar o‘z taklif va qiziqishlari borasida mutaxassislar tomonidan maslahat hamda tavsiyalar oldi.   

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularga kerakli ko‘mak va yo‘nalish berishga xizmat qiladi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA