Ilm va hunar - inson ziynati
Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarning yuqori pedagogik texnologiyalar asosida bilim olishi barobarida o‘z qiziqishi va layoqatidan kelib chiqib kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Maktabning bo‘sh turgan yerto‘la qismi tadbirkorlarga ajratib berilib, bu yerda o‘quvchilarga tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak tikish kabi 14 turdagi hunarni o‘rgatish uchun ustaxonalar ochildi. Shuningdek, maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etildi.
[gallery-10863]
Shu tariqa maktabda ta’lim olayotgan 600 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish barobarida hunar o‘rganib, daromad topish imkoniga ham ega bo‘ldilar.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA